15:24 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
14110

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan davlat bayrogʻi kuniga bagʻishlangan harbiy parad, musiqiy va sport namoyishlari boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun Toshkentda ob-havo sovushiga qaramasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi kuniga bagʻishlangan tantanali marosimlar boʻlib oʻdti, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Poytaxtdagi "Ashxobod" istirohat bogʻi oldidagi ulkan bayroq yonida "Vatanimiz bayrogʻi — faxrimiz, gʻururimiz!" shiori ostida festival boʻlib oʻtdi. Unda Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq boʻlinmalar mototsikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali paradi tashkil etildi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Prazdnovaniye Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente

Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni boʻylab harakatlanib, Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi yonida jam boʻlishdi. Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, sanʼatkorlarning kontsert dasturlari boʻlib oʻtdi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Prazdnovaniye Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente

Shuningdek, 18 noyabr kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan "Gʻalaba" bogʻi majmuasida Oʻzbekiston davlat bayrogʻiga bagʻishlangan katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda "Vatanga qasamyod" marosimining namoyishi, "Turon" harbiy davlat teatri tomonidan sahna koʻrinishlari, Markaziy ashula va raqs ansambli hamda harbiy orkestrning kontsert dasturlari, Mudofaa vazirligi Faxriy qorovulining chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi namoyishi, zamonaviy qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etildi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Prazdnovaniye Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente

Asosiy mavzular