13:38 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1280)
513 0 0

Oʻzbekistonda yana 62 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 781 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

17 noyabr coat 19:00 ga qadar 62 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 781 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 62 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 68 042 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 138 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 601 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 55,6 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 35,8 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (11,4 mln), Hindistonda (8,9 mln), Braziliyada (5,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1280)

Asosiy mavzular