Yaqinda amaldorlar lavozimiga qarab mashina minadigan bo‘ladi - moliya vaziri

© TelegramNoviy Chevrolet Equinox - pervie snimki v Uzbekistane
Noviy Chevrolet Equinox - pervie snimki v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
- Menga Trail Blazer bering. - Yo‘q avval xizmat guvohnomangizni ko‘rsating. Yaqinda amaldorlar lavozimiga qarab qanday mashina xarid qilishi mumkinligi to‘g‘risida yangi qonun chiqadi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisda deputat Rasul Kusherbayev moliya vaziri Timur Ishmetovga nima sababdan ayrim hokimlar va boshqa amaldorlar atrofdagi pandemiya va iqtisodiy vaziyatni hisobga olmasdan, Chevroley Trail Balzer kabi qimmat avtomashinalar xarid qilayotgani haqida savol bergan edi.

Bunga javoban, ushbu masalada jamoatchilikni rozi qilish uchun Moliya vazirligi qisqa vaqt ichida (bir hafta) yangi qonun ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

“Ushbu masalada jamoatchilik norozi bo‘layotgan ekan, biz har bir lavozimda ishlayotgan amaldor qanday turdagi xizmat avtomobili xarid qilishi mumkinligini qonun  tomonidan belgilab qo‘yishga majburmiz”, - dedi Timur Ishmetov.   

Lekin shu bilan birga, moliya vaziri oxirgi yillarda O‘zbekistonda ushbu sohada yuz berayotgan muhim o‘zgarishlarni ham aytib o‘tdi.

Bita vazirlik tomonidan xokmliklarning barcha xarajatldarini xisob kitob kilib borishning imkoni yuk. Yoki sotib olish mumkin bulgan yoki bulmagan xar bir narsani ruyxatini tuzib chikish, anik kursatma berish yoki birorta vazirlik ruxsati bilan sotib olish - bu yana orqaga qaytish bo‘ladi.  

Biz borgan sari vazirliklarga va maxalliy budjetlarga moliyaviy mustaqillikni berib boramiz. Mana bizda davlat xaridlari portali ishga tushgan. O‘sha yerda davlat muassasalarining barcha xaridlari aniq qayd etib borilmoqda.

Shuning evaziga OAVda ushbu masalalar yoritilmoqda, mana Oliy Majlisda ham muhokamagacha yetib keldi. Demak, jamoatchilik nazorati ham kuchaymoqda. Bularning hammasi - ochiklik siyosatining mahsulidir. Vaqti kelib jamoat nazoratining o‘zi hammasini joyiga solib qo‘yadi, - dedi vazir.

Ma’lumot uchun, 16-noyabr kuni O‘zbekiston Hisob Palatasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi taklif qilgan davlat budjetiga bir qator takliflar bildirilgan edi. Ana shu takliflardan birida, mahalliy hokimiyatlarning zahira fondlari miqdorini umumiy budjet xarajatlarining 1% o‘rniga 0,5 % qilib belgilash taklif etilgan edi. Bunga sabab mahalliy hokimliklar ushbu fond mablag‘larini asosan o‘z moddiy bazasini yaxshilashga, jumladan avtomobil xarid qilishga sarflayotgani aytib o‘tilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0