19:10 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
67210

Parkinson kasalligining alomatlaridan biri - bu qazgʻoq. Express bu kasallikni oʻrganish boʻyicha Britaniya jamiyati maʼlumotlariga asoslanib maqola nashr etdi.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Parkinson kasalligining alomatlaridan biri - bu qazgʻoq. Express bu kasallikni oʻrganish boʻyicha tarqiqot oʻtkazgan Britaniya jamiyati maʼlumotlariga asoslanib maqola nashr etdi.

Seborey dermatiti - yengil shaklda u qargʻoq shaklida namoyon qiladi, ogʻir holatda - bosh terisi qizarib, tangacha dogʻlar hosil boʻladi, kamdan-kam hollarda nam toshma paydo boʻlishi mumkin.

Shu bilan birga, olimlar seborey dermatitning Parkinson kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarga taʼsir qilish sababini hozircha ayta olmayapti.

Seborey dermatit - bosh terisining yalligʻlanish kasalligi. Kasallikning sababi koʻpincha gormonal buzilish. Yana bir sabab - testosteron, anabolik steroidlar va glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat davomida qabul qilish.

Avvalroq, amerikalik tadqiqotchilar Parkinson kasalligining eng keng tarqalgan belgilaridan biri - sababsiz terlash ekanligini taʼkidlashgan edi.

Parkinson kasalligi - bu markaziy asab tizimining asta-sekin oʻsib boruvchi degenerativ xastalik. Uning koʻrinishlari - bu harakatlanishning buzilishi, mushaklarning ogʻrishi va ularning ixtiyoriy qisqarishi (tremor). Muvozanatni saqlash qobiliyatini buzilishi ham koʻzatilishi mumkin.

Asosiy mavzular