14:26 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
529 0 0

Oʻzbekistonda yana 63 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 921 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

19 noyabr coat 15:00 ga qadar 63 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 921 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Toshkent viloyatida 10 nafar, Toshkent shahrida 35 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan..

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 68 123 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 196 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 602 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Qoʻshniga yordam

Oʻzbekiston 18 noyabr kuni Qirgʻizistonga navbatdagi gumanitar yordamni — 200 koyka-oʻringa moʻljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. 

Patent

Migrantlarning Rossiya hududida boʻlib turishlariga ruxsat koronavirus pandemiyasi yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin, deb xabar qildi RF inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova.

"Agar pandemiya davom etadigan boʻlsa, ichki ishlar vaziriga u bizni pandemiya yakuniga qadar qoʻllab-quvvatlashini soʻrab murojaat qilishga qaror qildik", - dedi u.

Bundan tashqari, ombudsman chet ellik fuqarolarga huquqiy amnistiya eʼlon qilishni taklif etdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 56,2 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 36,1 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (11,5 mln), Hindistonda (9,0 mln), Braziliyada (5,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
Teglar:
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, patent, koronavirus

Asosiy mavzular