22:04 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
780 0 0

Surushtiruv davomida u moddiy (har bir eʼlon uchun 50 dan 500 dollargacha) daromad evaziga jinsiy xizmat koʻrsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati eʼlonlarini ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlangan

TOSHKENT, 20 noya - Sputnik. Toshkentda fohishalar guruhini internetda reklama qilib kelgan bloger ushlandi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.

Toshkent viloyati Prokuraturasi, IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan 18 noyabr kuni tezkor tadbir oʻtkazgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida oʻzini Roma deb tanishtiruvchi ushbu shaxs 1988 yilda tugʻilgan Yashnobod tumanida yashovchi T.M. ekanligi, fohishaxona saqlash, qoʻshmachilik qilish va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi guruhning faol aʼzosi ekani aniqlangan.

Shuningdek, surushtiruv davomida u moddiy (har bir eʼlon uchun 50 dan 500 dollargacha) daromad evaziga jinsiy xizmat koʻrsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati eʼlonlarini ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlanib, uning yashash xonadoni tintuvdan oʻtkazilgan.

Tintuv davomida: 29 ming 14 dollar; 4 million 880 ming soʻm pul; 10 dona plastik kartochka; 2 dona chegirma plastik kartochkasi; 4 dona xorijiy davlatlarning ishlatilmagan va 2 dona ishlatilgan SIM-kartalar; 2 dona elektron xotira (flesh karta); 3 dona Redmi rusumli telefon apparati; 1 dona HP noutbuk va boshqa noqonuniy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular