14:52 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
26710

Rossiyada Iqtisodiy rivojlanish vazirligi chet elliklar uchun yashash guvohnomasi (VNJ)ni olish tartibini soddalashtirishga oid qonun loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi chet elliklar uchun yashash guvohnomasi (VNJ)ni olish tartibini soddalashtirishga oid qonun loyihasini tayyorladi, deb xabar qildi "Izvestiya" nashri.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich

Rossiya biznesiga investitsiya kiritadigan, RFda koʻchmas mulk va kompaniyalarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga yashash guvohnomasini berish taklif qilingan.

Hujjatda yashash guvohnomasini olishni istaganlar YATT ochish uchun kamida 10 million rubl sarmoya kiritishi va kamida 10 kishini ish bilan taʼminlashi yoki Rossiya tashkiloti kapitaliga 15 million rubldan ortiq miqdorda toʻlov kiritishi kerakligi koʻrsatilgan.

Uch yil davomida koʻchmas mulk yoki 30 million rubl qiymatidagi Rossiya obligatsiyalariga egalik qilgan kishilar ham VNJ olishi mumkin.

"Yashash guvohnomasini berish iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishni istagan chet el fuqarolari uchun ragʻbatlantiruvchi omil boʻlishi kerak, ammo migratsiya maqomini olish uchun yolgʻon shart-sharoitlar yaratmasligi kerak", - deydi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari oʻrinbosari Mixail Babich.

Bu chora-tadbirlar Rossiya iqtisodiyotining rivojlanishi va texnologik yangilanishini ragʻbatlantirishi va munosib ish haqi beriladigan yuqori foydali ish joylarini yaratishi kerak.

Yashash guvohnomasini olgan shaxs majburiy tibbiy sugʻurta polisini oladi, rossiyaliklar uchun mavjud boʻlgan barcha ijtimoiy xizmatlardan foydalanadi va tegishli ruxsatnoma olmasdan mamlakatda ishlashi mumkin.

Taxminlarga koʻra, VNJ siyosiy beqaror davlatlar va jangovar harakatlar olib borilayotgan davlatlarda istiqomat qiluvchi aholida talabga ega boʻladi.

Teglar:
Rossiyada yashash guvohnomasi - VNJ

Asosiy mavzular