18:43 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
121 0 0

Mualliflar fikriga koʻra, smartfonlardan foydalanish va gʻayriixtiyoriy tarzda qaror qabul qilish oʻrtasidagi bogʻliqlik borasida tobora ortib borayotgan dalillarni toʻldirgan

TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda oʻtiradigan yoki smartfondagi oʻyinlarni yaxshi koʻradigan odamlar  impulsivlik(taʼsirchanlik), oʻzini boshqarishning buzilishi va zudlik bilan mukofotlanishga talpinish bilan ajralib turadi, deb yozadi Praym agentligi Berlin Ozod universiteti olimlariga asoslangan holda.

Tadqiqotda 101 koʻngilli ishtirok etgan va bu olimlarga 10 kun davomida ularning smartfonidan maʼlumotlarni toʻplashga imkon bergan. Tadqiqot ishtirokchilarining barchasi qator test va topshiriqlardan oʻtishgan, olimlar shu tariqa ularning oʻz-oʻzini nazorat qilishlari va mukofotlanishga nisbatan munosabatini baholashgan.

Aniqlanishicha, telefonda koʻp vaqtini oʻtkazadigan ishtirokchilar keyin katta mukofotni olgandan koʻra, hozirning oʻzida kichik mukofotni tanlashga moyil ekan. Taʼkidlanishicha, ular telefondan foydalanish vaqtida yoki oʻyin oʻynayotgan yoki ijtimoiy tarmoqda oʻtirgan boʻladilar. Oʻz navbatida, oʻz-oʻzini boshqarish boʻyicha yuqori darajani koʻrsatgan tadqiqot ishtirokchilari smartfonda ancha kam vaqt oʻtkazgan.

Mualliflarning aytishicha, tadqiqot natijalari smartfondan foydalanish va gʻayri tabiiy ravishda qaror qabul qilish oʻrtasidagi bogʻliqlik borasida tobora soni ortib borayotgan dalillarni toʻldirgan. Ular, bu singari impulsivlik, maqsadga erishish uchun qulay boʻlmagan xulq atvorga taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidlashmoqda.

Asosiy mavzular