16:52 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
39301

Kelgusi yilning iyun oyidan boshlab vazirlik, idora va hokimiyat rahbar xodimlarining semizlik darajasini kuzatib boruvchi onlayn tizim va reyting ishga tushadi.

TOSHKENT, 22 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda rahbar va xodimlarning semizlik darajasini nazorat qilish uchun - vazn indeksini onlayn kuzatib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qilmoqda OʻzA. 

Xabarda aytilishiga koʻra, kelgusi yilning iyul oyidan boshlab vazirlik, idoralar va mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlarining semizlik darajasini kuzatib boruvchi onlayn tizim va reyting ishga tushadi. 

"2021 yil 1 iyuldan boshlab, vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa oʻtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash boʻyicha baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi", - deyilgan xabarda.

Aholini sogʻlomlashtirishga doir ushbu va boshqa choralar muhokamasi AOKAda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida muhokama qilingan. 

Eslatib oʻtmiz, biroz oldin qabul qilingan, Oʻzbekiston prezidntning "Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari, ularning oila aʼzolarining ham jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlarini taʼminlash, ular oʻrtasida musobaqalar tashkil etish koʻzda tutilgan edi.

Ushbu maqsadlarda, respublikada aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, "Workout" (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi.

Undan tashqari, 2021 yilda 50 ta sport zali, 48 ta sport inshooti qurilib foydanishga topshirilishi va har chorakda tuman va shaharlarda "Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla" tanlovi tashkil etiladi. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻquv soatlari doirasida jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 2 soatdan oʻqitish tashkil etiladi.

Davlat organlari va tashkilotlarida ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi.

Asosiy mavzular