TTZ-2 mavzesida avariya tufayli issiqlik ta’minoti to‘xtatildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBatareya v podyezde jilogo doma
Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TTZ-2 mavzusidagi qozonxonada avariya sodir bo‘lgani tufayli 14ta ko‘p qavatli uylar, yotoqxona, bog‘cha va poliklinikada soat 16:00 ga qadar issiqlik bo‘lmaydi.

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. Toshkentning TTZ-2 mavzesida bir necha uylarda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi. 

Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ-2 mavzesidagi qozonxonada avariya holati yuzaga kelganligi sababli, quyida keltirilgan manzillarda vaqtincha issiqlik ta’minoti uziladi.

TTZ-2 mavzesi:
Ko‘p qavatli - 1, 2, 7, 8 va 9 uylar, 5-yotoqxona.

Ziyoli ko‘chasi:
Ko‘p qavatli - 1, 3, 5 uylar,

Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi:
Ko‘p qavatli - 469, 471, 473, 475, 477 va 479 uylar, 
504 sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti,
248 – sonli maktab,
6 – sonli Oilaviy poliklinika

"Avariyani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar ish olib borishmoqda, bugun soat 16:00da issiqlik ta’minoti aholiga yetkaziladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!", - deyilgan xabarda. 

Yangiliklar lentasi
0