10:37 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
395 0 0

Andijonda oʻquvchilarni kurtkasiz tashqariga olib chiqqan maktab direktori va uning oʻrinbosari ishdan boʻshatildi.

TOSHKENT, 23 noya - Sputnik. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchilarini kurtkasiz tashqarida turgan fotosuratlari tarqalib, koʻpchillikning noroziligiga sabab boʻlgan edi. Ushbu vaziyat yuzasidan Andijon viloyati Xalq taʼlimi boʻlimi quyidagilarni maʼlum qildi. 

1. Joriy yilning 19 noyabr kuni Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabiga “Yangi Oʻzbekiston - Yangicha dunyoqarash” shiori ostida mamlakatimizda koʻzga koʻringan ziyolilar, sanʼat, fan-maʼdaniyat hodimlari hamda faol nuroniylardan iborat targʻibot guruhi tashrif buyurgan.

2. Targʻibot guruhi vakillari tashrifidan xabardor boʻlgan oʻquvchilar (soat 11:25)da ularni kuzatish maqsadida yoʻlakka chiqishgan. Oʻtkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratish maqsadida mahalla faollari va maktab maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari ularni rasmga olgan. Ishchi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana shu suratga olish vaqtida 2-3 daqiqa tashqarida qolishganligi, soʻng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gacha) ularni sinf xonalariga kirishlari soʻralganligi taʼkidlandi.

3. Ishchi guruhning rasmdagi oʻquvchilar va ota-onalar bilan suhbati jarayonida mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt tashqarida qolib ketmaganligi sababli eʼtirozlari yoʻq ekanligini taʼkidlashdi.   

Yakuniy xulosaga koʻra: Har bir oʻquvchining maktabdagi vaqtidagi salomatligi va xavfsizligiga keng jamoatchilik vakillari, bloggerlardan ham koʻproq taʼlim sohasi vakillari jon kuydirishlari zarur ekanligini hisobga olib 43-umumtaʼlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (D.Nasirdinov), maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etildi, - deyilgan xabarda. 

Yuqoridagi vaziyatdan xulosa qilgan holda, XTB taʼlim tizimining barcha rahbarlari, oʻqituvchilari va hodimlardan oʻquvchilarga oʻz farzandidek dahldorlik tuygʻusi bilan yondoshishni, ularning sogʻliklari va xavfsizliklariga taʼsir koʻrsatuvchi mana shunday holatlarga yoʻl qoʻymasliklarini, soʻragan. 

Asosiy mavzular