10:03 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
591 0 0

Oʻzbekistonda yana 54 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 71 713 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

23 noyabr coat 13:00 ga qadar 54 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 71 713 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Buxoro viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Toshkent viloyatida 32 nafar, Toshkent shahrida 11 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 68 915 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 195 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 603 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 58,6 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 37,5 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (12,2 mln), Hindistonda (9,1 mln), Braziliyada (6,1 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)

Asosiy mavzular