06:21 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
118 0 0

“Toshshahartransxizmat” jamiyatini toʻliq transformatsiya qilinadi, Transport universiteti faoliyati takomillashtiriladi.

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Toshkent va Samarqandda jamoat transporti faoliyati optimallashtiriladi. Bu haqida prezident huzurida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida maʼlum boʻldi.

Majlisda, Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi yoʻlovchi tashish xizmatlaridan mutlaqo norozi ekani qayd etildi. Xususan 79 ta yoʻnalishdagi avtobuslar intervali tigʻiz paytlarda 30 minutgacha kechikmoqda, odamlar boshqa transport vositalaridan foydalanishni afzal bilmoqda. Bugungi kunda shahar jamoat transportida bor-yoʻgʻi 33 % yoʻlovchi yurmoqda, rivojlangan mamlakatlarda bu koʻrsatkich 60-70 %ni tashkil etadi. 

Shu bois, jamoat transporti tizimida yangi boshqaruv uslubini joriy etish, metropoliten, avtosaroylar va yoʻnalishli taksi korxonalarini bir-biriga bogʻlash, axborot texnologiyalari asosida ularning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash kerakligini taʼkidlandi.

Xususan, Toshkent metropoliteni va “Toshshahartransxizmat” AJ buyurtmachi va nazorat funktsiyalari shahar transport boshqarmasiga oʻtkaziladi. Moliyalashtirish ham boshqarma tomonidan amalga oshirilib, transport korxonalariga haqiqiy bajarilgan ish hajmi, bosib oʻtilgan masofaga qarab mablagʻ ajratiladi, - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, “Toshshahartransxizmat” jamiyatini toʻliq transformatsiya qilish, Transport universiteti faoliyatini takomillashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Undan tashqari, tirbandlik kuzatilayotgan koʻp qatorli yoʻllarning bir qismini jamoat transporti uchun ajratish, markaziy koʻchalarda parkomatlar tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yoʻlakchalarini koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.   

Toshkentdagi tajriba asosida boshqa shaharlarda ham yoʻl-transport tizimini qayta koʻrib chiqib, markaziy koʻchalarni namunaviy tarzda oʻzgartirish, xususan, Samarqandda jamoat transportini optimallashtirish, aholi va turistlar uchun qulay sharoit yaratish vazifasi qoʻyildi.

 

Asosiy mavzular