05:25 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
18010

Poytaxtdagi 24 ta yirik chorrahaning harakatlanish tartibini optimallashtirish natijasida tirbandlikni 64 % kamaytirish mumkin.

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Prezident huzurida 23 noyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisda Toshkent shahrida yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid kontseptsiya muhokama qilindi.

Maʼlum boʻlishicha Toshkent shahrida soʻnggi yillarda aholi ham, transport vositalari ham koʻpayib bormoqda. Oxirgi 10 yilda shaharda avtomobillar soni 2 baravar oshib 250 mingtadan 510 mingtaga yetgan. 

Shunga mos ravishda transport infratuzilmasi ham rivojlantirilmoqda. Yangi yoʻllar, koʻpriklar, yerusti metrosi qurilmoqda.

Aholi va transport soni oshishi shahar koʻchalarida yuklama ham oshib tirbandliklar sonini koʻpaytirishi ham tabiiy hol. Ushbu sohadagi vaziyat geoinformatsion tizim orqali kompleks tadqiq qilinganda, quyidagi muammolar aniqlangan: 

  • Toshkent shahrida 500 dan ziyod katta chorrahalar mavjud boʻlib, ularning 200 tasida transport vositalarini tezkor oʻtkazish darajasi past;
  • Avtomobil toʻxtash joylari yetishmasligi sababli yoʻlning birinchi qatorida mashinalar yigʻilib, qatnovga xalaqit bermoqda;
  • Haydovchilar uchun maʼlumot belgilari ham yetishmaydi;
  • Piyodalar va velosipedlar harakati uchun qulaylik kam.

Shu kabi kompleks tahlillar asosida Toshkent shahrida yoʻl infratuzilmasi va jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha bosh rejaning dastlabki loyihasi ishlab chiqildi.

Xususan, poytaxtdagi 24 ta yirik chorrahaning harakatlanish tartibini optimallashtirish, bu orqali oʻrtacha toʻxtashlar sonini 71 % va vaqtini 48 %, tirbandlikni 64 %, yoqilgʻi sarfini 34 % kamaytirish mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Undan tashqari markaziy koʻchalarda avtomobillar parkovkasini tartibga solish uchun pullik toʻxtash joylari va parkomatlar oʻrnatilishi ham qayd etildi.  

 

Asosiy mavzular