13:27 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
58710

Olimlar Kambodja va Yaponiyada bir necha yil davomida muzlatgichlarda saqlangan koʻrshapalaklarda COVID-19 yangi koronavirus infektsiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 bilan bogʻliq boʻlgan koronavirusni topdilar.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Olimlar Kambodja va Yaponiyada bir necha yil davomida muzlatgichlarda saqlangan koʻrshapalaklarda COVID-19 yangi koronavirus infektsiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 bilan bogʻliq boʻlgan koronavirusni topdilar. Bu haqda RIA Novosti Nature jurnaliga asosan xabar qildi.

Aniqlangan viruslar SARS-CoV-2ning Xitoydan tashqarida topilgan birinchi "qarindoshlari" ekanligi aytilmoqda.

Kambodjadagi virus 2010 yilda ushlangan 2ta koʻrshapalakda topilgan. Virusning genomi hali nukleotid ketma-ketligi aniqlanmadi, shuning uchun bu kashfiyotning ahamiyati toʻgʻrisida xulosa qilishga erta, deyilgan maqolada.

Shu bilan birga, ekspertlarning taʼkidlashicha, agar aniqlangan virus pandemiyani keltirib chiqargan koronavirus bilan yaqindan bogʻliq boʻlsa (97 foizdan koʻprogʻi) unda bu SARS-CoV-2 ning koʻrshapalaklardan odamlarga yuqish yoʻllari, COVID-19 kelib chiqishi haqida muhim maʼlumot berishi mumkin.

Agar aniqlangan virus chambarchas bogʻliq boʻlmasa - 2013 yilda Yaponiyada ushlangan koʻrshapalak aniqlangan virus kabi (81 foiz) - virusning kelib chiqishi toʻgʻrisida maʼlumot bermasa ham, ushbu viruslar oilalari xilma-xilligi haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi.

"Kambodja jamoasi nima topganidan qatʼi nazar, ikkala kashfiyot ham katta taassurot qoldiradi, chunki bu viruslar SARS-CoV-2 bilan chambarchas bogʻliqligini, ular katta burunli koʻrshapalaklar, hatto Xitoy tashqarisida topilgan koʻrshapalaklarda nisbatan keng tarqalganligini tasdiqlaydi", - deydi vyetnamlik biolog Elis Latinn.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
Teglar:
Yaponiya, Xitoy, koronavirus

Asosiy mavzular