13:09 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
714 0 0

Oʻzbekistonda yana 73 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 71 920 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

24 noyabr coat 13:00 ga qadar 73 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 71 920 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 nafar, Jizzax viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Fargʻona viloyatida 11 nafar, Toshkent viloyatida 36 nafar, Toshkent shahrida 10 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 69 118 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 197 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

1 nafar bemor vafot etdi. Oʻzbekistonda jami 605 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 59,2 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 37,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (12,4 mln), Hindistonda (9,2 mln), Braziliyada (6,1 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)

Asosiy mavzular