05:12 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
176 0 0

Davlat muassasalaridagi vakansiyalarning yagona ochiq portali ishga tushdi. U yerdan ish topib, hujjatlarni onlayn topshirish mumkin.

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda davlat muassasalari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi. 

Portal orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy hokimliklardagi vakant lavozimlarga munosib kadrlarni tanlab olish maqsadida ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qilib boriladi, - deyilgan xabarda.

Vakant lavozimlar har kuni eʼlon qilib boriladi. Boʻsh ish oʻrinlariga hujjatlarni elektron shaklda topshirish mumkin. 

Davlat xizmatlari portalida ayni damda quyidagi vakant lavozimlar haqida eʼlonlar bor: 

  • Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari;
  • Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi;
  • Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi 1-toifali iqtisodchi;
  • Mirishkor tumani hokimligi xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi;
  • Dehqonobod tumani hokimligining xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi;
  • Kitob tumani Pensiya va nafaqalar toʻlanishi ustidan monitoring boʻlimi inspektori;
  • Gʻuzor tumani hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh mutaxassisi.
  • Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Sirdaryo tumani boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari;
  • Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Dangʻara tumani boʻlimi inspektori;
  • Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boshqarmasi bosh inspektori;
  • Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Dangʻara tumani boʻlimi inspektori.
  • Boyovut tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori;
  • Oqoltin tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori

va boshqa lavzimlar. Portaladya eʼlon qilingan barcha lavozimlar bilan rasmiy telegram kanalida tanishing.

 



Asosiy mavzular