TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
25 noyabr coat 13:00 ga qadar 59 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 72 098 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: Andijon (3 nafar), Buxoro (5), Jizzax (5), Qashqadaryo (5), Namangan (6), Sirdaryo (12), Toshkent (23) viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sogʻayish koʻrsatkichi
Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 69 302 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 2 191 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Oʻlim holatlari
Oʻzbekistonda jami 605 kishi pandemiya qurboni boʻldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 59,8 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 38,3 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (12,6 mln), Hindistonda (9,2 mln), Braziliyada (6,1 mln).