13:21 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
237 0 0

Avtomobil shinalarini olib kelishni vaʼda qilib, vaʼdasida turmagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkentda avtomobil shinalarini olib kelishni vaʼda qilgan firibgarga jinoyat ishi ochildi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMBga 27 yoshli Asrol K. murojaat qilib, 2019 yilning noyabr oyida unga Polshadan avtomobil shinalarini olib kelishini vaʼda qilgan va “xizmati” uchun 40.000 AQSH dollari olgan 46 yoshli Alisher SH.ga nisbatan chora koʻrishni soʻradi.

Alisher SH. vaʼdasiga xilof tarzda pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi (“Firibgarlik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular