13:58 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
48510

Oʻzbekistonda yana 62 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 72 289 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

26 noyabr coat 13:00 ga qadar 62 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 72 289 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Andijon viloyatida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Toshkent viloyatida 41 nafar, Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 69 477 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 206 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 606 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Polshadan yordam

Polsha koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga gumanitar yordam yubordi. Maxsus samolyotda shaxsiy himoya vositalari, dezinfektsiya vositalari, termometrlar va dori-darmonlari olib kelindi. Yukning qiymati 214 ming dollar.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 60,4 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 38,7 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (12,8 mln), Hindistonda (9,3 mln), Braziliyada (6,2 mln).

Asosiy mavzular