13:34 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
99 0 0

Haydovchisiz mashina albatta imtihon oluvchi inspektor ham boʻladi, inspektorsiz imtihon holish hozircha rejalashtirilmagan. 

TOSHKENT, 27 noya- Sputnik. Kelajakda Rossiyada haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonni haydovchisiz avtomobilda topshirish mumkin boʻladi. Bu haqida RIA Novostiga Moskva shahar Harakat xavfsizligi boshqarmasi rahbari Nikolay Sheyuxin xabar qilgan. 

"Mana imtihon mashinasi - u haydovchisiz avtomobil asosida yaratilgan. Unda koʻplab kameralar, sensorli pedalar va planshet-inspektor oʻrnatilgan. Bu ertaga ishga tushadi demayman, lekin biz uni takomillashtirmoqdamiz. Tizim ichida raqamlashtirilgan yoʻllar joylashtirilgan. Haydovchiga maʼlum yoʻnalishga borish vazifasi beriladi va shundan soʻng tizim uning harakatlarini baholaydi", - deydi  Sheyuxin. 

Mashinada albatta imtihon oluvchi inspektor ham boʻladi. Inspektorsiz imtihon holish hozircha rejalashtirilmagan. 

Eslatib oʻtamiz, yil boshida Rossiya rahbariyati tomonidan haydovchisiz avtomobillar tizimini ishlab chiqish, va ularni umumiy foydalanish yoʻllariga chiqarish vazifasi qoʻyilgan edi. Yaqin yillar ichida haydovchisiz avtomobillar Rossiyaning ayrim hududlarida ishga tushirilishi mumkin. Xususan, Moskvada Yandeks kompaniyasining sinovdan oʻtayotgan haydovchisiz avtomobillari  tez-tez uchratib turish mumkin. Hozircha ularning salonida haydovchi bor. 

© Sputnik / Vladimir Pesnya
Bespilotnыe avtomobili "Yandeksa"

Asosiy mavzular