02:36 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
361 0 0

Sud erkakni RF JKning "Ehtiyotsizlik tufayli ikkita va undan ortiq shaxslar oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl harakatidagi qoidabuzarlik" moddasi boʻyicha aybdor deb topdi.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Saratov viloyat sudi yanvar oyida sodir boʻlgan dahshatli YTH ishi boʻyicha Oʻzbekiston fuqarosini aybdor deb topdi.

Sudlanuvchini uch yillik qamoq jazosiga hukm qilishdi. Bu haqda RF TQ hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.

"Dastlabki tergov jarayonida va sudda erkak barcha ilgari surilgan ayblarni tan olgan. Sud hukmi bilan u 3 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan, jazoni koloniya-poseleniyeda oʻtashi belgilangan, shuningdek, ikki yilga transport boshqarish huquqidan mahrum etilgan", - deyiladi bayonotda.

Sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan va shikoyat arizasini kiritish mumkin.

Hodisa haqida

Ayblovchi tomon quyidagi versiyani ilgari surgan: 16 yanvar kuni ertalab, Tatiщev tumanidagi trassada oʻzbekistonlik haydovchi oʻzining Hyundai mikroavtobusida qarama qarshi tomonga chiqib ketgan.

Mashina qarshi tomonda kelayotgan "Volga" bilan toʻqnashgan.

Avariya oqibatida "Volga" haydovchisi va Hyundaining uch nafar yoʻlovchisi halok boʻlishgan. Minivenda boʻlgan yana ikki kishi ogʻir jarohat olgan.

Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, haydovchi va minivenning yettita yoʻlovchisi Oʻzbekiston fuqarolaridir. Ammo Oʻzbekiston TIV sal oldin Hyundaidagi besh kishi - respublika fuqarolari boʻlgani, ulardan ikki nafar halok boʻlishgani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular