13:41 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
53801

Oʻzbekistonda yana 104 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 72 513 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

27 noyabr coat 19:00 ga qadar 62 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 72 513 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpogʻiston Respublikasi 3 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Jizzax viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Toshkent viloyatida 47 nafar, Toshkent shahrida 33 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 69 780 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 126 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 607 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

“Sputnik V” vaktsinasi

Oʻzbekiston va Rossiya mutaxassislari COVID-19 koronavirusiga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. 2020 yil oxirigacha ushbu preparat respublikada qoʻllanilishi ehtimoldan yiroq, dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakili.

“Bu masala hali koʻrib chiqilmoqda, ehtimol yil oxirigacha amalga oshmasa kerak. Texnik jihatdan imkonsiz, vaqt qolmadi", - dedi agentlik vakili.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 61,0 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 39,0 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (12,9 mln), Hindistonda (9,3 mln), Braziliyada (6,2 mln).

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)

Asosiy mavzular