Dekabrda qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Ilya Timin / Mediabankka o‘tishSoyka v gorodskom parke "Belichiy ostrov" posle nochnogo snegopada v Petrozavodske
Soyka v gorodskom parke Belichiy ostrov posle nochnogo snegopada v Petrozavodske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekabrda yog‘ingarchilik yomg‘ir, qor ko‘rinishida bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilikli kunlar o‘rtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zgidromet qish faslining birinchi oyi dekabrda ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi dekabr harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Oy davomida haroratning kechasi 0-5 daraja sovuqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Respublikaning shimolida tunda 8-10 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida esa 12-15 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

Dekabrda yog‘ingarchilik yomg‘ir, qor ko‘rinishida bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilikli kunlar o‘rtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin. Bir kecha kunduzda maksimal yog‘inlar miqdori sutkalik meyordan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Bu yilgi dekabrda oylik yog‘inlar miqdori meyor atrofida, ayrim joylarda meyordan yuqori, shimolda esa ayrim joylarda meyordan past bo‘lishi kutilmoqda (Toshkentda dekabr oyi uchun yog‘inlar 59 mm ni tashkil qiladi). Yog‘ingarchilik oy davomida vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.

Yangiliklar lentasi
0