13:11 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
341 0 0

Abdulla Aripov Oʻzbekiston turizm va madaniy almashuvni rivojlantirish uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar oʻrtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Oʻzbekiston koronavirus pandemiyasi sharoitida turizm va madaniy almashuvni rivojlantirish uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar oʻrtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov SHHTga aʼzo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn shaklida oʻtgan majlisida maʼlum qildi.

“Sayyohlik sohasidagi hamkorlik rivojlanishiga yangi turtki berish uchun mamlakatlarimiz oʻrtasida aviaqatnovlarning bosqichma-bosqich tiklanishi ham muhim sanaladi. Bu amaliy, gumanitar va sayyohlik almashuvning faollashi uchun sharoit yaratadi”, - dedi Aripov.

Oʻzbekiston bosh vazirining soʻzlariga koʻra, bu jarayonni koronavirus pandemiyasi sharoitida barcha sanitariya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarur.

Shuningdek, Aripov Oʻzbekiston har yili SHHTda raislik qilayotgan mamlakat shaharlaridan birini tashkilotning sayyohlik va madaniy poytaxti deb eʼlon qilish taklifini ilgari surishini bildirdi.

Vazir Oʻzbekiston 2021-2022 yillarda turizm sohasida SHHTga aʼzo davlatlar hamkorligi dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasini tasdiqlashni tezlashtirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

Aripov Samarqandda “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti tashkil etilganini eslatdi va u SHHTning barcha mamlakatlari uchun turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi oliygoh boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Teglar:
Shanxay hamkorlik tashkiloti, Abdulla Aripov

Asosiy mavzular