14:34 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
440 0 0

Oʻzbekistonda yana 67 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 73 041 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

30 noyabr coat 19:00 ga qadar 67 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 73 041 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 67 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 70 303 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 130 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 608 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Yopilgan markazlar

Hozirgi vaqtda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, koronavirusga qarshi kurashishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan ayrim markazlar (Atlas, Yoshlik) vaqtinchalik yopildi.

Taqsimlash markazlarining yopilish sabablaridan biri — koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygani bilan bogʻliq.

Shuningdek, Toshkent shahrida taqsimlash markazlarining yopilishi, poytaxtda, umuman mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 62,7 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 40,1 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (13,4 mln), Hindistonda (9,4 mln), Braziliyada (6,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
Teglar:
koronavirus pandemiyasi, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular