10:29 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
74 0 0

Rossiya Xalqlar doʻstligi universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya Xalqlar doʻstligi universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosim doirasida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolarni rus tiliga oʻqitish boʻyicha dasturga start berildi.

Mamlakatda Rossiya Federatsiyasida ishlash istagidagi boʻlgan va ushbu davlatda mehnat qilayotgan fuqarolarga rus tilini ishchi mutaxassislik boʻyicha oʻqitish, oʻquv markazlaridagi rus tili sinflari uchun oʻqituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN)ning mamlakatdagi vakolatxonasi hamkorligida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolarni rus tiliga oʻqitish va zaruriy kasblarga tayyorlash, Rossiya tarixi, qonunchiligi va rus tili boʻyicha imtihon topshirib, sertifikatga ega boʻlish imtiyozlarini yaratish, Vazirlik tasarrufidagi oʻquv markazlarida rus tili sinflari tashkil etilib, unga rus tili oʻqituvchilarini jalb qilish, tayyorlash, malakasini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Unga koʻra, joriy yilning 27 oktyabridan Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti oʻquv dasturi asosida 500 nafar oʻqituvchini oʻqitish boʻyicha 72 soatlik bepul seminar oʻtkazilib, sertifikatlar berilishi va ushbu oʻqituvchilar Vazirlik tasarrufidagi 25 ta oʻquv markazlarida tashkil etilgan rus tili sinflariga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Qozon shaharlarida rus tili va kasb-hunarlarga oʻqitish boʻyicha guruhlar tashkil etilgan boʻlib, jami 364 nafar oʻzbekistonlik mehnat migranti oʻquv jarayonlariga jalb etilgan.

Bundan tashqari, kelgusida Rossiyaning oʻzbekistonlik mehnat migrantlari koʻproq yashaydigan hududlarida ham rus tili va kasbga oʻqitish markazlarini ochish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular