21:11 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
88 0 0

Sardoba,  Oqoltin va Mirzaobod hududlari ilk bor markazlashgan ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmogʻi bilan taʼminlandi.

TOSHKENT, 2 dek - Sputnik. Sirdayoning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod hududlariga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmogʻi kirib bordi, deb xabar qilmoqda "Oʻzsuvtaʼminot" AJ.

"Sardoba - Oqoltin - Mirzaobod hududlarida jami 89,9 km. masofada ichimlik suvi tarmoqlari, 6,9 km. masofada oqova suv tarmoqlari tortildi. 6 ta ichimlik suvi inshooti, 11 dona oqova suv haydash inshooti qurildi, mavjudlari rekonstruktsiya qilindi. Suv inshootlarini bunyod etish ishlari davom etmoqda", - deyilgan AJ xabarida. 

Natijada ushbu hududlarda yangi qurilgan koʻp qavatli va yakka tartibdagi uylar ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon ichimlik suvi va kanalizatsiya muammosi qiynab kelayotgan qishloqlar, mahallalarda ham suv taʼminoti yaxshilanmoqda. Eʼtiborlisi, yangi xonadonlarga suv hisoblagichlari ham oʻrnatib berilgan boʻlib, bu ortiqcha suv sarfining oldini olish va isteʼmolchilarda suvdan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

V Sardobu vpervыe proveli tsentralizovannoye vodosnabjeniye i kanalizatsiyu

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning may oyida “Sardoba” suv omborida suv toshqini yuz bergan edi. Uning oqibatida ushbu hudud jiddiy talafot koʻrgan edi. Talafotni bartaraf etish hamda Sardoba-Oqoltin-Mirzaobodda suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish maqsadida "Oʻzsuvtaʼminot" AJ tomonidan 16 ta obektda ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻi, yangi inshootlar bunyod etish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunga qadar ushbu yoʻnalishdagi ishlar deyarli yakunlangan. 

Oʻzsuvtaʼminot
V Sardobu vpervыe proveli tsentralizovannoye vodosnabjeniye i kanalizatsiyu

Asosiy mavzular