10:07 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
324 0 0

Isteʼmolchilarning mulkchilik, idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar - barchaga, elektr faqat oldindan toʻlov asosida yetkazib beriladi.

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Kelgusi yilning 1 fevralidan boshlab, Oʻzbekistonda elektr energiyasi barcha foydalanuvchilar uchun oldindan toʻlov asosida yetkazib beriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining yangi qarori loyihasida aytib oʻtilgan. 

"Belgilab qoʻyilsinki: barcha elektr energiyasi isteʼmolchilariga elektr energiyasini yetkazib berish faqat oldindan toʻlov asosida amalga oshirilishi shart”, - deyilgan qaror matnida.

Qarorda isteʼmolchilarning mulkchilik, idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar - barchaga, elektr faqat oldindan toʻlov asosida yetkazib berilishi aytib oʻtilgan. 

Faqat, elektr energiyasining uzib qoʻyilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korxonalarida elektr energiyasi yetkazib berilishini - avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Energetika vazirligi Oʻzbekistonda elektr va gaz taʼminosti sohalarida jami 3.5 trillion soʻm miqdori qarzdorliklar vujudga kelganini va unadn 2,4 trillioni aholi qarzi ekanini xabar qilgan edi. 

© Sputnik
Elektr qarzi

Asosiy mavzular