To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimani kamaytirish taklif qilinmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZnak "Ostanovka zapreshena"
Znak Ostanovka zapreshena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputat Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, belgilanmagan yoki ruxsat etilmagan joylarda avtomobil transporti parkovka qilingani uchun “otni kallasidek” jarimalar belgilanganligi ko‘plab haydovchilar e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarima miqdorlarini qamaytirishni taklif qilmoqda.

Deputat Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, shaharda pullik avtoturargohlar yetishmasligi oki haydovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida markaziy ko‘chalarda yo‘l bo‘ylariga oddiy parkomatlar o‘rnatilmaganligi  bir sabab bo‘lsa, belgilanmagan yoki ruxsat etilmagan joylarda avtomobil transporti parkovka qilingani uchun “otni kallasidek” jarimalar belgilanganligi ko‘plab haydovchilar e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Dorojnie znaki - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri ishlab chiqiladi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun BHMning 3 baravari, ya’ni 669 ming so‘m jarima belgilangan.

Bu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, jarima miqdori BHMning 5 baravari (1,1 mln so‘m), uchinchi martasidan boshlab esa BHMning 10 baravari (2,2 mln so‘m) miqdorigacha oshadi.

Deputat ushbu qoidabuzarlik uchun boshqa mamlakatlarda belgilangan jarima miqdorini taqqoslagan. Rossiyada to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish haydovchiga 3000 rubl (taxminan 415 ming so‘m), Ukrainada esa 510 ukraina grivnasi (taxminan 188 ming so‘m)ga tushadi. Qo‘shni Qozog‘istonda to‘xtab turish qoidasini buzgan haydovchi 24 ming tanga (taxminan 589 ming so‘m) jarima to‘lasa, Qirg‘izistonda esa bu qoidani buzgan haydovchilarga nisbatan 3000 kirg‘iz somi (taxminan 369 ming so‘m) jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, bu davlatlarda (Qozog‘istondan tashqari) mazkur huquqbuzarlikni takroran sodir etish jarima miqdorini o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

“Ko‘rinib turibdiki, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish hollari uchun belgilangan eng yuqori jarima miqdori bizda. Agar bu jarima aholining o‘rtacha daromadlari nuqtayi nazaridan solishtirilsa, bu farq yanada oshishi aniq”, - deya yozgan u.

Mazkur huquqbuzarlik uchun jarimani BHMning bir baravari (223 ming so‘m) miqdorida belgilash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda jarima miqdorini oshishi ham bekor qilinishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda qo‘mita a’zosi, deputat Farhod Ashmatov tomonidan O‘zbekiston MJtKning 128 6-prim moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0