Har bir viloyatda “Dialog maydonchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda– Asadjon Xodjayev

© Mejdunarodniy press-klubDirektor AIMK Asadjon Xodjayev
Direktor AIMK Asadjon Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hududlardagi muammolarni muhokama qilish va ularni ma’lum qadar yechishga yordam beradigan “Dialog maydonchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Har bir viloyatda “Dialog maydonchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.  Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyidan boshlab, 100dan ortiq brifing hamda matbuot anjumanlari uchun qo‘shimcha platformalar tashkil etilgan. Bu viloyatlarda axborot olish erkinligini ta’minlashdagi muammolarni ma’lum qadar yechishga yordam beradi.

“Yana bir muhim qadamlardan biri — Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalari huzurida “Dialog maydonchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganidir. Bu loyiha, o‘z navbatida, OAV vakillari hamda blogerlarning huquqlarini ta’minlash, ularni himoya qilish, zarur huquqiy maslahatlar berish hamda yordam ko‘rsatishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir”, - dedi u Xalqaro press-klubda tashkil etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbati chog‘ida.

Xodjayev davlat organlari tanqidiy fikrlarni eshitishi, mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rishi kerakligini ta’kidladi.

“Bu tanqidiy fikrlarni esa davlat organlari eshitishi kerak. O‘z faoliyatini tanqidlar orqali tahlil qilib, mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rishi lozim, muloqotga o‘rganishi kerak. Shu orqali davlat organlari yangi reallikda, yangi O‘zbekistonda faoliyatini amalga oshirapti. Davlatimiz rahbari ham ta’kidladi — matbuot kimgadir achchiq gapirsa, yoqishi yoki yoqmasligi ham mumkin. Biroq biz bu yo‘ldan qaytmaymiz”, - dedi AOKA direktori.

Yangiliklar lentasi
0