11:38 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
145 0 0

Navoiy viloyatida taʼlim sifati past boʻlgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, 3 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Navoiy viloyatida past koʻrsatkichli maktab direktorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Taʼlim sifati past boʻlgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, 3 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga tuman va shaharlarda oʻtkazilgan yigʻilishlarda OTMga kirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan 106 nafar maktab direktori 10 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Noyabr oyi oʻrtalarida xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligida Qarshi shahrida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi. Yigʻilishda birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan Qashqadaryodagi 20 ta maktab direktori ishdan olingan edi.

Eslatib oʻtamiz, joriy oʻquv yilidan boshlab maktab direktori va oʻqituvchilarga oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirishi, kasb egallab, oʻz ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi toʻlanishi xabar qilingan edi.

Teglar:
taʼlim, maktab direktori, ishdan ketdi, maosh, Navoiy viloyati

Asosiy mavzular