11:07 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
40520

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Oʻzbekistondagi OAV faoliyati borasida oʻz fikrlarini bildirdi

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev bugun, 3-dekabr kuni "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida soʻz hamda matbuot erkinligi va Oʻzbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari" mavzusida oʻtkazilgan Xalqaro press-klubning navbatdagi davra suhbatidan soʻng jurnalistlar savollariga javob berdi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Xususan, Xodjayev, oxirgi vaqtlarda ayrim OAVlarda aytilgan "Oʻzbekistonda matbuotda tanqidiy fikrlarni cheklash" borasida buyruqlar boʻlayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, bunday mish-mishlar asossizligini, aksincha, AOKAning OAVlarga qilingan soʻnggi murojaatlarida ogʻriqli masalalarni yoritishda tanqidni yoʻq qilish yoki kamaytirish asnosida emas, balki masalaga xolislik asosida yondashish soʻralganini qayd etdi.

"Nima uchun? Chunki energetika masalalarini koʻtaradigan boʻlsa (jurnalistlar) sohada qanday muammolar bor, ular qanday yechim topayapti, uning muddatlari qanaqa - bularning barchasini xalqimizga aniq va ravshan qilib yetkazib berish kerak. Bu yerda hissiyotga berilib yoki ziddiyatni koʻrsatgan holda, masalaning yechimi koʻrsatilmasa, mutasaddilarga minbar berilmasa, bu muloqot emas, balki biryoqlama noxolis axborot berish boʻlib qoladi", - deya tushuntiradi AOKA rahbari.

Xodjayev shuningdek, Oʻzbekistondagi OAVlarda tahlil yetishmayotganiga ham eʼtibor qaratdi.

"Men har doim tahlil tarafdoriman. Nega deganda, har qanday muammo paydo boʻlishida, albatta, qandaydir obʼyektiv va subʼyektiv sabablar boʻladi. Bu maʼlum miqdorda tegishli dasturlar - rivojlanish dasturi yoki ekspertlar sarhisobidagi noaniqlik yoki moliyaviy masala tufaylimi bularni ochiq-oydin muhokama qilishimiz kerak. Bir tomondan hissiyotga berilib, "mana shu masala hal boʻlmadi, tezda hal qilib beringlar", desak rahbarlarga, ular hisob-kitob qilmay, xalqqa yaxshi koʻrinish uchun populistik vaʼdalarni berib yuboradi. Xalqqa har qanday tashkilot oʻzidagi muammolarini ochiq-oydin koʻrsatib berishi kerak. Agar bugun imkoniyat yoʻq boʻlsa, unda ochigʻini aytishi kerak: "zaxiralarimiz miqdori faloncha, masalaning yechimini mana shunday yechamiz", deya". Shuningdek, Xodjayev bugungi kunda rahbarlar turli olib qochishlar bilan vaziyatni tinchlantirmasliklari kerak, deya qoʻshimcha qiladi.

Asosiy mavzular