“Sputnik V”: 50tadan ortiq davlat vaksinani sotib olish uchun buyurtma berdi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi 50 dan ortiq davlatdan 1,2 milliard doza “Sputnik V” vaksinasini sotib olish uchun arizalar qabul qildi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi 50 dan ortiq davlatdan 1,2 milliard doza “Sputnik V” vaksinasini sotib olish uchun arizalar qabul qildi, dedi brifingda Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni BMT Bosh assambleyasining 31-maxsus sessiyasi doirasida Rossiya vaksinasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va bu xalqaro sheriklarda katta qiziqish uyg‘otdi.

"Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi va Gamaleya instituti faoliyati to‘g‘risida yana bir necha so‘z aytmoqchiman. Ular nafaqat Rossiyada ommaviy emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni kengaytirish, balki xorijiy mamlakatlarda Rossiya preparatini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xorijiy bozorlarga chiqish uchun ish olib bormoqda", - dedi Zaxarova.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi "Sputnik V: COVID-19 ga qarshi vaksina" virtual tadbirida Rossiya preparatini taqdim etdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning ta’kidlashicha, ro‘yxatdan o‘tishdan keyingi sinovlar Rossiya, Belarus, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Venesuyelada o‘tkazilmoqda, bundan tashqari Braziliya va boshqa davlatlarda test o‘tkazish masalasi muhokama qilinmoqda. Uning ta’kidlashicha, " Sputnik V" "kuchli immunitet va antitanachalar javob" ni ko‘rsatdi.

O‘z navbatida, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev “Sputnik V”ni 40 mamlakatda tasdiqlash uchun ariza topshirganini va ushbu mamlakatlardagi nazorat organlari bilan ish olib borayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning narxi dozasi 10 dollardan kam bo‘ladi, "ba’zi mRNK vaksinalariga qaraganda ancha arzon".

Yangiliklar lentasi
0