Shavkat Mirziyoyev ilm-fan va innovatsiyalar sohasini tanqid qildi

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ilm-fan va qishloq hujaligi va sanoat sohalari orasida bog‘liqlik yetishmayotgani qayd etildi.

TOShKENT, 4 dek -Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-dekabr kuni ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish borasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Respublikadagi ilm-fon rivojlanishi sohasidagi ishlar tanqidiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqildi. 

Xususan, so‘nggi 4-yilda 28 ta ilmiy tashkilot va 4 ta innovatsion texnopark tashkil etilgani, olimlar ish haqi 3 baravar oshirilgani va ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yangilash uchun katta mablag‘lar yo‘naltirilgani qayd etildi.

"Lekin, 100 dan ziyod ilmiy tashkilotlar faoliyatida sezilarli o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Masalan, 24 ta muassasa o‘tgan yili xalqaro tan olingan jurnallarda birorta ham ilmiy maqola chop etmagan", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, innovatsiya vazirligi yaratilayotgan nou-xaular va ishlab chiqarish jarayoni orasida bog‘liqlik yarata olmayotgani qayd etildi.  

Misol uchun, innovatsion ishlanmalar uchun budjetdan 100 milliard so‘m ajratilayotgan bo‘lsa-da, tanlov natijasi bo‘yicha bor-yo‘g‘i 29 milliard so‘mlik 51 ta loyiha shakllantirildi, xolos. Fanlar akademiyasi tizimidagi 33 ta ilmiy institut tomonidan o‘tgan yili atigi 59 ta patent olingan.

© Prezident.uzSoveshanie po razvitiyu nauki i innovatsiy
Shavkat Mirziyoyev ilm-fan va innovatsiyalar sohasini tanqid qildi - Sputnik O‘zbekiston
Soveshanie po razvitiyu nauki i innovatsiy

Undan tashqari, OTMlarda ilmiy tadqiqotlar darajasi o‘ta past, ilm va innovatsiya masalalari bo‘yicha mas’ul prorektorlar umuman ishlamayotgani qayd etildi.

Shuningdek, innovatsiyalardan qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, urug‘chilikni rivojlantirishda, suv-xo‘jaligina yangi tejamkor texnologiyalardan foydalanish masalasi ham ko‘tarildi. 

Sanoatga ham ilm-fan yondashuvi kerak. Masalan, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida 3 milliard tonnaga yaqin texnogen chiqindilar yig‘ilib qolgan. Yiliga ularning 20 million tonnasi qayta ishlansa, 2 tonna oltin, 8 tonna kumush, 10 ming tonna mis hamda volfram, molibden kabi nodir metallar olish mumkin. Mutasaddilarga shu borada aniq ko‘rsatmalar berildi. Batafsil quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0