10:19 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
634 0 0

Shavkat Mirziyoyev TAPOiCH yoʻq boʻlganidan afsusda ekanini va Oʻzbekistonda aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilayotganini aytib berdi.

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodining ochilishida Aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilayotganini aytib berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Men sizga bir sirni ochmoqchiman, chunki ichimda a qolgan alamim bor. Dunyoda samolyot ishlab chiqaradigan davlatlar soni sanoqli edi. Biz esa, afsuski,  buning hammasini oʻz qoʻlimiz bilan yoʻq qilib tashladik. Endi uni tiklash uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilmoqdamiz. Bizda aviaquruvchilar, injenerlar bor edi. Qanday ajoyib yoshlar ishlar edi”, - dedi prezident.

Eslatib oʻtamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi ochilishida ishtirok etdi. Marosimda Rossiya Sanoat vasavdo vaziri boshchiligidagi delegatsiya, Italiya yirik korxonasi rahbariyati  ham ishtirok etdi.

TMZ yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradi. Korxonada 700 ta ish oʻrinlari yaratiladi. Prezident aytishiga koʻra, yangi zavod respublika sanoatining lokomotiviga aylanadi. Uning mahsuloti korxonalarga import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga yordam beradi.

Asosiy mavzular