12:43 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
297 0 0

"Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy togʻ-changʻi kurortini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy togʻ-changʻi kurortini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Unda, Jizzax viloyatining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini (erkin turistik zona) tashkil etish; erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obʼyektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obʼyektlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berish nazarda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari:

- erkin turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obʼyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obʼyektlar)ni, turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funktsional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;

- hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻziga xos turistik yoʻnalishlarni tashkil etish;

- transport vositalarining arzonligini taʼminlash, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yoʻlovchi transporti yoʻnalishlarini kengaytirish, uning toʻxtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;

- turistlar xavfsizligining qoʻshimcha sharoitlarini, shu jumladan turistik infratuzilma obʼyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, hududga keluvchi turistlar haqida yagona maʼlumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yoʻli bilan yaratish;

- erkin turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini taʼminlash;

- energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;

- hududda noyob tabiiy obʼyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy taʼsirini oldini olish va minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Turkiya Respublikasining “IDEALIST” kompaniyasi tomonidan Zomin tumanida erkin turistik zonaning bosh rejasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular