Britaniyalik lordning rafiqasi Guli Muradova siyosiy karyerani boshlash haqida o‘ylamoqda

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova s mujem
Guli Muradova s mujem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muradovaning ta’kidlashicha, u hozirda Oksford universitetida yetakchilik bo‘yicha tahsil olmoqda hamda o‘zbekistonlik ayollar uchun liderlik va gender tenglik masalalarida bepul onlayn-darslar o‘tib kelmoqda.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Britaniyalik lord Muhammad Iltaf Sheyxning rafiqasi, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Guli Muradova siyosiy karyeraga qadam qo‘yish niyatidaligini ma’lum qildi.

Ledi Guli Muradova vmeste s suprugom lordom Muxammad Sheyx Iltafom - Sputnik O‘zbekiston
"Haqiqiy jentelmen": ledi Guli nega lordga turmushga chiqqanini tushuntirdi

U bu haqda yaqinda tojikistonlik Daun sindromiga chalingan bolalar uchun Ezgu iroda elchisi maqomini olganidan so‘ng, Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

"Katta siyosatga qadam qo‘yish rejam bor. Buni inkor etmayman, ammo hammasini vaqt ko‘rsatadi. Lord janoblari menga hamisha siyosatda ayollar ko‘p bo‘lishi kerak, deb takrorlaydilar. U kishi ayollar hukumatda, rahbar lavozimlarida ko‘proq ko‘rishni, gender tenglik bo‘lishini istaydilar", - dedi Guli Muradova, "siyosatchi bo‘lish niyatingizga lord qanday munosabatda", degan savolga javoban.

Muradovaning ta’kidlashicha, u hozirda Oksford universitetida yetakchilik bo‘yicha tahsil olmoqda hamda o‘zbekistonlik ayollar uchun liderlik va gender tenglik masalalarida bepul onlayn-darslar o‘tib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0