17:50 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
124 0 0

Oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirildi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, chiqindilarni yoʻq qilish sohasidagi ayrim qonunbuzarliklar uchun jarima miqdori oshirildi. Bu prezident imzolagan qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunda nazarda tutilgan.

Hujjat bilan Jinoyat kodeksining 198-moddasiga (ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) tuzatish kiritildi. Unga koʻra, 4 dekabrdan boshlab olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan ekologik huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravardan 100 baravarigacha jarima yoki 240 soatgacha soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (avvalroq BHMning 50 baravarigacha jarima boʻlgan, qolgan qismlar oʻzgarmagan).

Bundan tashqari, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (avvalroq BHMning 50 dan 70 baravarigacha jarima bilan jazolangan, qolgan qismlar oʻzgarmagan).

Ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilganlik uchun BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha jarima 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (avvalroq BHMning 75 dan 100 baravarigacha jarima bilan jazolangan, qolgan qismlar oʻzgarmagan).

Ushbu sanktsiyalar BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha boʻlgan zarar yetkazilganda qoʻllaniladi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, 162-moddada koʻrsatilgan javobgarlik 79-moddaga kiritildi. Daraxtlar, butalar, boshqa oʻrmon oʻsimliklari va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish huquqbuzarligini qayta sodir etganlik uchun jarima miqdori oshirildi — jismoniy shaxslar uchun BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha, yuridik shaxslar uchun esa BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha etib belgilandi, shuningdek ulardan huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan qurol musodara qilinadi.

Asosiy mavzular