23:37 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
110 0 0

Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiyadan oʻtkazildi. Tahlilga koʻra, ulardan 24 foizi attestatsiyadan oʻtgan.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Joriy yilining noyabr oyida prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiyadan  oʻtkazildi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Natijalarga koʻra:

  • 24 % attestatsiyadan oʻtgan;
  • 15 % shartli oʻtgan;
  • 61 % rahbarlar attestatsiyadan oʻta olmagan.

3 dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar eʼlon qilib boriladi.

Shuningdek, kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga koʻra joriy yilning 1 iyunidan 1 dekabriga qadar Agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida oʻz ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiisteʼmol qilgan hamda aholiga xizmat koʻrsatishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan 850 dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Asosiy mavzular