10:03 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
627 0 0

Sevimli aktyor Xayrulla Saʼdiyev Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston xalq artisti Xayrulla Saʼdiyevning 80 yillik yubileyi nishonlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Tadbirda xalqimizning sevimli aktyori Xayrulla Saʼdiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi”, - deyilgan xabarda.

Ustoz sanʼatkor Xayrulla Saʼdiyev 1940 yil 6 dekabr Toshkentda tavallud topgan. Saʼdiyev respublika Yosh tomoshabinlar teatrida ijodiy faoliyatini boshlagan. Teatr sahnasida “Revizor”, “Etik kiygan mushuk”, “Shum bola” kabi oʻnlab spektakllarda yodda qolarli rollarni ijro etdi. 

Ijodkor kino olamida ham samarali mehnat qilib keladi. “Toʻylar muborak”, “Chinor”, “Alpomish”, “Chashma”, “Oʻtov”, “Shaytanat” kabi koʻplab badiiy filmlarda yaratgan obrazlari minglab muxlislar olqishiga sazovor boʻlgan.

U 1980 yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, 1990 yil Oʻzbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 2005 yil esa “Mehnat shuhrati” ordeniga loyiq topilgan.

Asosiy mavzular