Konstitutsiya kuni arafasida Asosiy qonun Brayl alifbosida chiqdi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishNezrachaya posetitelnitsa chitayet s pomoshyu ruk knigu
Nezrachaya posetitelnitsa chitayet s pomoshyu ruk knigu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Brayl alifbosida chop etilgan Konstitutsiya ko‘rishda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini saqlashga xizmat qiladi.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi bayrami arafasida Asosiy qonun Brayl alifbosida kitob holida nashrdan chiqdi, deb xabar qilmoqda Inson huquqlari Milliy markazi. 

"Brayl alifbosida chop etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” rasmiy nashri yurtimizdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi", - deyilgan xabarda. 

Konstituyiyaning ushbu rasmiy nashri Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan chop etildi.

Shuningdek ushbe ishda YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchi vakolatxonasi yaqindan yordam bergani aytib o‘tilgan.  

Brayl alifbosi - relyef nuqtali barmoq bilan o‘qisa bo‘ladigan shrift bo‘lib, u ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarga yozuvlarni o‘qish imkonini beradi. Brayl alifbosi 1824-yilda fransuz Lui Braylem (Louis Braille) tomonidan ixtiro qilingan. Lui Brayl ushbu shriftni fransuz harbiylarining "tungi shrifti"ni takomillashtirish asosida yaratgan. 

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishNezrachaya posetitelnitsa chitayet s pomoshyu ruk knigu
Konstitutsiya kuni arafasida Asosiy qonun Brayl alifbosida chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Nezrachaya posetitelnitsa chitayet s pomoshyu ruk knigu
Yangiliklar lentasi
0