Poytaxtda uzunligi 50 kilometrli “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRazmetka velodorojki na asfalte
Razmetka velodorojki na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi bosqichma-bosqich barcha tumanlarning aholi uchun qulay bo‘lgan ko‘chalarida umumiy uzunligi 50 kilometr bo‘lgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etadi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkent shahrida  umumiy uzunligi 50 kilometr bo‘lgan “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etiladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda.

Bunday yo‘laklarni tashkil etish mamlakat prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

“Toshkent shahar hokimligi 2021-yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarning aholi uchun qulay bo‘lgan ko‘chalarida umumiy uzunligi 50 kilometr bo‘lgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etadi”, - deyilgan xabarda.

Bu uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024 yillarda qaytarish sharti bilan 20 million AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020-yil 1-dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va o‘rinbosarlariga haftada kamida bir marta ishga piyoda kelib-ketish tavsiya etilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0