11:29 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
223 0 0

Oʻzbekiston ODIN reytingida 125 pogʻonaga koʻtarilib, dunyoda 44 oʻrinni hamda Markaziy Osiyoda 1 oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston “Open Data Inventory” (ODIN)  reytingida dunyoda 44 oʻrinni, Markaziy Osiyo boʻyicha 1 oʻrinni egalladi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston “ODIN ochiq maʼlumotlar reytingida 63 ballni toʻplagan.

“Mazkur koʻrsatkich bilan Oʻzbekiston ODIN reytingida 125 pogʻonaga koʻtarilib, dunyoda 44 oʻrinni hamda Markaziy Osiyoda 1 oʻrinni egalladi”,  - deyilgan xabarda.

“Open Data Inventory” (ODIN) - rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq maʼlumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari (MSO) bilan maʼlumotlardan foydalanuvchilar oʻrtasida muloqotni yaxshilash va ragʻbatlantirishga qaratilgan qamrov va ochiqlikni baholaydi.

Maʼlumot uchun, ODIN 2018 yildagi reytingida Oʻzbekiston jahonda 169-oʻrinni egallagan edi.

Teglar:
reyting, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular