Kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi

Obuna bo‘lish
Kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqarilgan yerlar ajratib beriladi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. “Kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini (Cannabis Sativa L.) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi;
  • kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqarilgan yerlar ajratib beriladi;
  • kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun ekin navining uchinchi va undan keyingi reproduksiyadagi urug‘liklarini ekishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • kannabis o‘simligi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizdan oshgan hollarda, ushbu o‘simlik, shuningdek, uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar belgilangan tartibda olib qo‘yiladi va yo‘q qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda texnik kannabis yetishtirish uchun to‘lanadigan boj miqdori tasdiqlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0