10:59 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
85420

Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi bosh vazirdan mehnat migrantlarining mamlakatga kirishiga ruxsat berishni soʻradi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi bosh vazirdan mehnat migrantlarining mamlakatga kirishiga ruxsat berishni soʻradi.

SSP prezidenti hukumat raisiga tegishli maktub yubordi. Sergey Katirinning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda xorijiy ishchi kuchini jalb qiladigan kompaniyalar, shu jumladan MDH mamlakatlaridan sezilarli darajada kadrlar yetishmasligi kuzatilmoqda.

U mehnat migrantlarining kirish tartibini belgilash va bu vakolatni mintaqaviy hukumat organlariga oʻtkazishni taklif qildi.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oʻrtalarida Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor ekanligini maʼlum qilgandi. Rossiya hukumati migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
Teglar:
koronavirus pandemiyasi, Rossiya

Asosiy mavzular