TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Taʼkidlanishicha, respublika hududida ob-havo sharoiti oʻzgarib, ayrim hududlarda qor yogʻayotganligi ayni vaqtlarda muzlamalarni yuzaga keltirmoqda.
Shu sababli haydovchilardan:
- Zaruratsiz transport vositasini koʻchaga boshqarib chiqmasliklari;
- Zarurat bilan chiqqan vaqtlarida ham belgilangan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlari;
- Gaz va tormoz tepkisini keskin bosmasliklari;
- Piyodalarga eʼtiborli boʻlishlari, piyodalar esa yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtmasliklari, ehtiyotkor boʻlishlari soʻralgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 9 dekabr kuni Oʻzbekiston hududdarida havo oʻzgarib turishi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻib, tuman tushishi mumkinligi xabar qilingan edi.