11:15 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
118 0 0

Birinchi apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon oʻtkazish huquqiga ega boʻladi. Jarayon toʻliq avtomatlashtiriladi va DYHX vakilining nazorati ostida oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon oʻtkazish huquqiga ega boʻladi. Bu “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarorida belgilangan.

“2021 yil 1 apreldan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlar barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazish huquqiga ega boʻladi”, - deyilgan qaror matnida.

Bunda:

  • haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish va baholash inson omilisiz, toʻliq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
  • imtihonlar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida oʻtkaziladi;
  • imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda uning tasarrufida qoladi;
  • nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi;
  • maxsus himoyalangan sertifikatlarning barcha zarur rekvizitlari tadbirkor tomonidan davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolati IIVdan xususiy sektorga berilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Teglar:
imtihon, haydovchilik guvohnomasi

Asosiy mavzular