17:52 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
223 0 0

Birinchi martdan tadbirkorlarga yoʻllarda yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto va video vositalarini oʻrnatish huquqi beriladi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. 2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishini tashkil etish huquqi beriladi.

Bu “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarorida koʻzda tutilgan.

Maxsus vositalar oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auktsion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Elektron auktsion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi.

Shunga koʻra, 2021-2022 yillarda respublika boʻyicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta statsionar radarlar oʻrnatiladi.

Teglar:
videokameralar, Oʻzbekiston, yoʻllar

Asosiy mavzular