10:34 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
161 0 0

Toshkentda Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qarzdor otalardan 116 million soʻmdan ortiq mablagʻ undirildi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Majburiy ijro byurosi Toshkentda bir kunda qarzdordan 33,2 million soʻm aliment pulini undirdi.

MIB Olmazor tuman boʻlimi ish yurituviga Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontoxur tumanlararo sudining 14.08.2020 yildagi sud buyrugʻiga asosan, karzdor Z.Inagamovdan undiruvchi N.Inagamova foydasiga bir nafar farzandi taʼminoti uchun 1/4 qismi mikdorida aliment undirish toʻgʻrisida 06.09.2016 yildagi ijro hujjati kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida MIB tuman boʻlimi davlat ijrochisi J.Sherkoziyev tomonidan 7 dekabrda qarzdor Z.Inagamovdan undiruvchi N.Inagamova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan  farzandi uchun 33.220.775 soʻm aliment puli toʻliq undirildi.

Shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 29.08.2018 yilgi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Ganiyevdan undiruvchi F.Ganiyeva foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha qarzdor 2019 yildan yaʼni 24 oy davomida aliment toʻlovlarini toʻlamay kelgan.

MIB Uchtepa tuman boʻlimi va IIB JKB xodimlarining olib borgan harakatlari natijasida qarzdordan tezkorlik bilan 10.054.706 soʻm ikki yillik aliment pullari undirilib, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun undirib berildi.

Yana bir holat: Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudiniig 17.11.2011 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor SH.Dexqonbayevdan bir nafar voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati MIB Sergeli tuman boʻlimi ish yurituviga 21.01.2012 yilda kelib tushgan.

Qarzdor ota uning nomida boʻlgan barcha mol-mulklariga hamda Oʻzbekiston hududidan xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganini biladi.

Sergeli tuman boʻlimi davlat ijrochisi A.Muxamedovning olib borgan ijro harakatlari hamda huquqiy tushuntiruvi natijasida qarzdor ota SH.Dexqonbayev toʻgʻri xulosa chiqarib, 1 nafar voyaga yetmagan farzandining 18 yoshgacha 73.000.000 soʻm aliment pullarini oldindan 7 600 AQSH dollari miqdorida toʻlab berdi. Bu bilan aliment ijro xujjatining ijrosi toʻliq taʼminlanib, ijro ish yurituvi tamomlangan.

Asosiy mavzular